"Atletiko" 2020/21 yilgi mavsum uchun uy liboslarini namoyish etdi

Alisher
3 iyul 2020
Madridning "Atletiko" klubi yangi liboslarini namoyish etdi.

Liboslar "matraschilar"ning texnik homiysi bo'lmish AQSHning "Nike" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Ekipirovka Madrid klubining ananaviy qizil va oq ranglarida yaratilgan. Bundan tashqari yoqa va libosning yon tomonlari to'q ko'k rangda tasvirlangan.

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" bugun La Liga 34-turi doirasida "Malorka"ga qarshi o'ynaydi.


AlisherMuallif
Manba: atleticodemadrid.com