

Xummels? Bu futbol, hamma xató qiladi. Biz oxirgacha kurashdik. Birinchi bo'lim so'nggidagi gol biz uchun qattiq ruhiy zarba bo'ldi.
Nima bo'lgan taqdirda ham jamoa oxirgacha harakat qildi, biroq natija qoniqarsiz bo'ldi. Endi bor e'tiborimizni A Seriyaga qaratishimiz lozim.
1:0 bo'lgan vaqtda ham bizda imkoniyat bo'ldi, ammo 10 kishi bilan harakat qilish doim qiyinchilik tug'diradi. Uchrashuv yakunidan so'ng Xummels barchamizdan uzr so'radi. Biz u bilanmiz!
Bir necha kundan so'ng A Seriyada maydonga tushamiz. Bizda ECHLga yo'l olish uchun kichik imkoniyat bor, biz shundan foydalanishga harakat qilamiz, - dedi Shomurodov.



