

"Barselona" bir vaqtlar o'zi yaratgan qadriyatlardan ancha yiroqda. Agarda Niko ketadigan bo'lsa, u boshqalar uchun ham qiziqroq bo'lgan joyga borishi kerak. "Barselona" oldingidek emas va biz o'rganib qolgan holatidan ancha yiroqda.
Niko bizga bolaligida kelgandi. Uning "Atletik" uchun o'ynashni istamayotgani anchagina og'riqli. Vaqtlar o'tib klublarning falsafasi Oskar yoki Iker Muniain kabi futbolchilar orqali mustahkamlanadi va ular muxlislarning ham yoqimtoyiga aylanadi. Bu bizni yanada kuchli qiladi.
Bizda so'nggi 10 yillikdagi eng kuchli tarkib yig'ilgandi, har bir chiziqda 1-2 nafardan yaxshi futbolchilar bor. Haqiqatdan ham bu "Atletik" uchun juda ajoyib lahzalar", - dedi Aytor Elisexi.



