"Atletik" bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirdi
Mirjalol Normatov
31 may 2020
"Atletik" klub bosh murabbiyi Gaiska Garitano bilan shartnoma uzaytirilganligini rasman e'lon qildi.
Yangi kelishuv 2021 yil 30 iyuniga qadar davom etadi. Jamoa ushbu mavsumda Garitano qo'l ostida Ispaniya Kubogi finaliga chiqdi. LaLigada esa jamoa 9-o'rinda ketmoqda.
Eslatib o'tamiz, Garitano 2018 yilda jamoa boshqaruvini o'z qo'liga olgandi.