"Atletik" "Bavariya" futbolchisi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi

Mirjalol Normatov
7 iyun 2020
"Bavariya" yarim himoyachisi Xavi Martines faoliyatini "Atletik"da davom ettirishga yaqin turibdi.

"Fichajes" xabariga ko'ra, Ispaniya klubi futbolchining qaytishi borasida deyarli kelishuvga erishgan. Hozircha transfer narxi borasida ma'lumotlar berilmagan.

Ushbu mavsumda 31 yoshli xavbek "Bavariya" tarkibida barcha turnirlarda 20 o'yinda qatnashdi. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yil yoziga qadar mo'ljallangan.

Qayd etish kerak, Martines 2006-2012 yillar davomida "Atletik" tarkibida o'ynagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Fichajes