"Atlanta"dan iste'foga chiqarilgan Xaynce futbolchilarga ko'p suv ichishga ruxsat bermaganmidi?

Sherzod Nurmatov
20 iyul 2021
Xabaringiz bor, kuni kecha argentinalik mutaxassis Gabriel Xaynce "Atlanta" bosh murabbiyligidan bo'shatildi.

Aytilishicha, bunga boshqaruv bilan bog'lik bir nechta sabablar bor.

"Klub uchun to'g'ri qarorga keldik. Xaynce - shubhasiz, o'z qarashlariga ega iqtidorli murabbiy. Biz unga kelgusida omad tilaymiz", – deyiladi klub bayonotida. 

Ma'lumotlarga qaraganda, MLS futbolchilar associaciyasi "Atlanta" o'yinchilari nomidan ligaga shikoyat qilgan. Murabbiy mavsumoldi yig'inda o'yinchilarga ko'p suv ichishni taqiqlagan, hatto vaziyatga shifokorlar aralashishiga to'g'ri kelgan. Shuningdek, Xaynce futbolchilarga tatil berishni xohlamagan, har qanday holatda uning qo'ng'iroqlariga javob berishlarini va mashg'ulotlarga yetib kelishlarini talab qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fox Sports