"Atalanta" yangi o'yinchi bilan kelishuvga erishdi

Alisher
21 dek 2020, 16:00
"Genk" himoyachisi Yoakim Mexle qishda "Atalanta"ga o'tadi.

Klublar bitimning barcha detallari bo'yicha kelishuvga erishishdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Transfer Bergamo klubi uchun 8 million evro (+bonuslar)ga tushadi, futbolchining shartnomasi esa 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bo'ladi.

Mexle joriy mavsum Belgiya chempionati doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira