"Atalanta" va ikki klub "Yuventus", "Milan" va "Inter"ni A Seriyadan chetlatishga chaqirdi

Alisher
19 apr 2021
A Seriyaning bir nechta klublari Yevropa Superligasiga qo'shilish sabab "Yuventus", "Milan" va "Inter"ni chetlatishni xohlashmoqda.

Kecha A Seriya klublarining favqulotdagi yig'ilishida xuddi shunday taklif "Atalanta", "Verona" va "Kalyari" klublari tomonidan berildi.

Superligaga qo'shilmoqchi bo'lgan A Seriya klublari Italiya ichidagi turnirlarni musobaqa boshlanishidan oldin tark etishni istamaydilar.

Qayd etish keraki, "Yuventus, "Milan" va "Inter" klublari 72 bor skudettoni qo'lga kiritishgan.

→ LIVE  Yevropa Superligasi. Musobaqa borasidagi barcha xabarlar bitta sahifada


AlisherMuallif
Manba: Goal