"Atalanta" futbolchisini "Tottenxem"ga sotishga rozi bo'ldi

Mirjalol Normatov
1 avg 2021, 10:17
"Atalanta" himoyachisi Kristian Romero faoliyatini APLda davom ettiradi.

"TyC Sports" xabariga ko'ra, "Tottenxem" futbolchi uchun 50 million evro hamda bonuslar sifatida 5 mln evro vada qilgan. Bergamoliklar esa buni qabul qilgan.

Oldinroq "shporlar" argentinalik futbolchi bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishib olgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'tgan mavsumda 23 yoshli fullbek 31 o'yinda 2tadan gol va assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: TyC Sports