"Atalanta" "FIFA" simulyatoridan olib tashlanadi

Mirjalol Normatov
27 may 2021
"Atalanta" videoo'yinlar ishlab chiqaruvchi "Konami" kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda klub tvitteri xabar bermoqda. Shu boisdan Bergamo klubi "FIFA" simulyatoridan olib tashlanadi va faqatgina "PES" seriyalarida bo'ladi.

"FIFA" o'yinida esa "Atalanta"ning nomi va logotipi o'zgartiriladi.

"Atalanta" ushbu mavsumni A Seriyaning 3-pog'onasida tugatib, YCHLga yo'llanma oldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal