"Atalanta" Demiral uchun 25 million evro taklif qilishga tayyor

Alisher
24 iyul 2021, 13:00
"Atalanta" yaqin vaqtlarda "Yuventus"ga himoyachi Merix Demiral bo'yicha taklif beradi.

Bergamo klubi o'yinchi uchun 25 million evro va 5 million evro bonus ko'rinishida berishga tayyor.

Turinliklar futbolchi uchun 35-40 million evrodan kam olishmoqchi emas. Tomonlarning yangi uchrashuvi keyingi haftaga belgilangan.

Futbolchi o'tgan mavsum Italiya chempionati doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira