"Atalanta" "Arsenal" futbolchisini ijaraga olishga tayyor

Mirjalol Normatov
24 iyul 2022
"Atalanta" "Arsenal" himoyachisi Nunu Tavareshga qiziqish bildirmoqda.

"Sky Italia" xabariga ko'ra, Bergamo klubi 22 yoshli portugaliyalikni bir mavsumga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olmoqchi. "Atalanta" futbolchi borasida "kanonirlar" bilan muzokaralarga kirishgan.

Oldinroq futbolchiga "Marsel" hamda "Brayton" kabi klublardan qiziqishlar borligi aytilgandi.

O'tgan mavsumda Tavaresh "Arsenal" tarkibida barcha turnirlarda 28 o'yinda 1 gol va 2 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Italia