APL. "Aston Villa" 90+4 daqiqada, "Liverpul" esa 90+11 daqiqada gol urib, g'alabaga erishdi

19 apr 2026, 20:00
APL 33-tur doirasidagi "Aston Villa" - "Sanderlend" va "Everton" - "Liverpul" o'yinlari bo'lib o'tdi.

“Aston Villa” o'z maydonida “Sanderlend”ni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi. Hisob 4:3 bilan yakunlandi. Hal qiluvchi gol 90+3 daqiqada Temmi Abraxam tomonidan urildi. “Aston Villa” MYU bilan bir xil ochko (58) jamg'argan holda to'rtinchi o'rinda (MYU - uchinchi o'rinda) bormoqda.

“Everton” va “Liverpul” o'rtasidagi o'yinda esa 1:2 hisobi qayd etildi. 29-daqiqada Muhammad Salohning urgan goliga 54 daqiqada mezbonlar futbolchisi Beto javob qaytardi. 90+11 daqiqada Virjil van Deyk “qizillar”ga g'alaba taqdim etgan golga mualliflik qildi. “Liverpul” 55 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida beshinchi, “Everton” esa 47 ochko bilan o'ninchi o'rinda bormoqda.




Manba: championatasia