

Taxminlarga ko'ra, klub ketma-ket ikkinchi yil UEFAning futbolchilar maoshi, transferlar va agentlar uchun klub xarajatlari daromadlarining 70 foizidan oshsa, jarima solishni nazarda tutuvchi tarkib xarajatlari to'g'risidagi qoidasini buzgan.
2025 yil iyul oyida Birmingem klubi klub daromadining 80 foizi miqdorida belgilangan tarkib harajatlari chegarasidan oshib ketgani uchun 6 million evro jarimaga tortildi.
2025/26 yilgi mavsumdan boshlab limit 70 foizgacha pasaytirildi.
"Aston Villa"ning bu mavsumdagi daromadi evrokuboklar tufayli o'tgan mavsumga nisbatan pasayib ketdi: bu mavsumda klub Yevropa Ligasida o'ynaydi, o'tgan mavsumda esa Chempionlar Ligasida ishtirok etgan.
Shu bilan birga, qayd etilishicha, "Aston Villa" klub daromadlari bo'yicha UEFA bilan tuzilgan boshqa kelishuvni buzmaydi.



