

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, tomonlar kelishuvni uzaytirishga yaqinlar. Klub ham, 36 yoshli angliyalik ham hamkorlikni davom ettirishni xohlashmoqda.
Katta ehtimol bilan, futbolchining yangi shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallanadi.
Eshli Yang "Aston Vila"ga 2021 yilning iyulida qaytgan edi. U bunga qadar 2007 yilning yanvaridan 2011 yilning iyuligacha jamoada harakat qilgan.
Yang 2021/22 yilgi mavsum "Aston Villa" libosida 25ta o'yinda harakat qilib, 2ta assistga erishdi.



