"Aston Villa" 30 mln funt evaziga "Sautgempton" to'purarini sotib oldi

Mirjalol Normatov
4 avg 2021
Hujumchi Denni Ingz "Sautgempton"ni tark etdi.

29 yoshli hujumchi faoliyatini "Aston Villa"da davom ettiradi. Shartnoma uch yilga mo'ljallangan. "The Athletic" ma'lumotiga ko'ra, transfer summasi 30 mln funtni tashkil qilgan.

O'tgan mavsumda Ingz APLning 29 o'yinida 12 gol urdi va jamoasining to'purariga aylandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: avfc.co.uk