

O'yin haqida
- Birinchi navbatda o'tgan o'yindagi xatolarni takrorlamaslikka harakat qildik. Bugungi o'yinning birinchi bo'limida juda ko'p vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Ikkinchi bo'limda yaxshi vaziyatlarga erishdik. "Aral Samali" ham kurashuvchan jamoa, ayniqsa o'z maydonida g'alaba uchun o'ynaydi. Bugun biz o'yinni yutish uchun harakat qildik va yakunda maqsadga erishdik. Jamoamiz a'zolari va muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman.
- Yuzaga kelgan tanaffus vaqtida "Sho'rtan" jamoasida qanday o'zgarishlar bo'ldi?
- Moliyaviy tomondan rahbariyat va xomiylarimiz qo'llab-quvvatlayapti. Hozirda bu borada muammo yo'q.
- "Aral Samali"dan bugun qaysi futbolchini alohida ajratib ko'rsatgan bo'lardingiz?
- Hujumdagi futbolchi, jamoa sardori va bo'ydor himoyachi yaxshi o'yin ko'rsatdi. Bu futbolchilarni anchadan buyon bilamiz, tayyorgarlik jarayonida ham alohida e'tibor qaratdik. Qolgan futbolchilarning ko'pchiligi yosh.
- "Sho'rtan" himoyaviy futbol o'ynagadek ko'rindi. Bu sizning futbolchilik vaqtida himoyachi bo'lganligingiz bilan bog'liqmi?
- Bu ko'proq raqibdan kelib chiqdi. Suniy maydon va raqibning uzun uzatmalari bilan bog'liq edi. Birgina gol o'yin taqdirini o'zgartirib yuborishini mumkinligini hisobga olib himoyachilarimizga e'tiborli bo'lishlarini uqtirgandik.


