Asror Aliqulov: "Derbi uchrashuvlarida vaziyatlar ko'p bo'lmaydi"

Aslanov Jasurbek
26 avg 2023, 20:48
Pro-liga 15-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Sho'rtan" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Uchrashuv derbi maqomiga xos tarzda o'tdi. Yakka kurashlarga boy o'yin guvohiga aylandik. Ketma-ket o'yinlarda g'alaba qozona olmay kelayotgandik. Bugungi g'alaba bilan jamoa a'zolari va muxlislarini tabriklayman.

- "Mashal" derbida "Sho'rtan"ni mag'lub etolmay kelayotgandi. Bugungi o'yinga tayyorgarlik qanday bo'ldi?

- Biz har bir o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Bugungi o'yinga ham "Sho'rtan" jamoasining uslubidan kelib chiqib, tayyorgarlik ko'rdik.

- Sizning "Sho'rtan" sobiq bosh murabbiyi ekanligingiz bugungi o'yindagi g'alabaga sababchi bo'ldi deb hisoblasa bo'ladimi?

- "Sho'rtan"da yangi bosh murabbiy ishlayapti. Men bilan bilan ishlagan futbolchilarning imkoniyatlarini bilaman. Bugun yakka kurashlarda raqib ustunlikka erishdi deb o'ylamayman. Bunaqa o'yinlarda vaziyat ko'p bo'lmaydi. 2 ta gol kiritganimiz juda yaxshi natija.

- Xudoyorxon Sagdullaev qaydnomada ham ko'rinmaganiga sabab nima?

- Bu intizom bilan bog'liq. U intizomni birinchi o'ringa qo'ymasa, tarkibga jalb eta olmaymiz.

- Petrovning xolati qanday?

- U baribir ertami, kechmi jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazishi kerak. Shifokorlar ko'rigidan so'ng uning xolati haqida aniq gap aytish mumkin.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia