

“Zomin” jamoasining murabbiyi Asqar Umarov uchrashuv haqida o'zining fikrlarini bildirdi.
“Biz uchinchi turda bazi sabablarga ko'ra o'ynamadik. “Uz-Dong-Ju” jamoasiga qarshi etarli darajada tayyorgarlik ko'rgandik. Ammo vaziyat biz o'ylagandek bo'lmadi. Futbolda bunday hollar bo'lib turadi. Lekin biz chekinmaymiz. 2-turda hakamning noto'g'ri qaroriga ko'ra, 3-turda esa tashkilotchilarning aybi bilan 6 ochkodan ayrildik. “Uz-Dong-Ju” jamoasiga qarshi o'ylab qo'ygan rejalarimizni “Norin” jamoasiga qarshi qo'llaymiz va albatta g'alaba qozonamiz”, - dedi Asqar Umarov.
Akmal Raxmatullaev suhbatlashdi.



