Asqar Umarov: “Uchrashuvda stadiondan qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga raxmat”

Tolibjon Qosimov
28 may 2016
O'zbekiston Birinchiligi musobaqalarining 11-turidan o'rin olgan “Zomin”-“Dinamo” (0:2) uchrashuvdan so'ng, mezmonlar ustozi uchrashuv haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.

-  “Uchrashuv biz kutgandek qiyin o'tdi. Birinchi bo'limda bir nechta futbolchilarimizda imkoniyatlar bo'ldi ammo o'sha imkoniyatlardan foydalana olmaganimiz bizga pand berdi. Albatta uchrashuvning asabiy o'tishiga hakamlar ham sabab bo'ldi. Hakamlar futbolchilarga maydonda o'ynash uchun biroz imkoniyatlar berganda o'yin yanada qiziqarli o'tishi mumkin edi. Mag'lubiyatni unitgan xolda keyingi turlarda g'alaba qozonish uchun tayyorgarlikni davom ettiramiz. Uchrashuvda stadiondan turib qo'llab-quvvatlagan muxlislarga raxmat deyman va ularni ishonchini oqlashda davom etamiz”, - dedi murabbiy.

Akmal Raxmatullaev suhbatlashdi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia