

Qo'lga kiritilgan chempionlikdan so'ng "Zomin" jamoasi bosh murabbiyi Asqar Umarov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Zominda katta bayram, deya olaman. Muxlislar oldida yuzimiz yorug' bo'ldi. Qilgan mehnatlarimizni samarasini ko'rdik. Maqsadlarimizga erishdik. Yigitlarga barcha ko'rsatmalarni bajarishgani uchun rahmat aytaman. Mavsum davomida yordamini ayamagan rahbariyatimizga minnatdorchilik bildiraman. To'siqlardan yo'l topib shu kungacha yetib keldik.
"Chig'atoy" bilan uchrashuvga kelsak, gollarga boy va muxlislarga yoqadigan o'yin guvohiga aylandik. "Chig'atoy" jamoasiga ham rahmat aytaman. Ular ham oxirigacha harakat qildik. Mahorat o'z so'zini aytdi. Kelasi yilga besh olti nafar futbolchi olishimiz kerak. Lekin tarkib o'zagini hozirgi futbolchilar tashkil qiladi. Birgalikda yaxshi natijalarga erishamiz",- deydi Asqar Umarov.



