Asprilya: "Xamesni o'rnida "Real"da qolgan bo'lardim"

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2016
Kolumbiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Faustino Asprilya yarim himoyachi Xames Rodrigesga "Real"ni tark etmaslikni maslahat berdi.

"Xamesni o'rnida "Real"da qolib, asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashardim. Agar Zidanning "Reali"ga e'tibor qaratadigan bo'lsak, jamoaning statistikasi juda yaxshi, "Barselona" bilan farqni minimumgacha qisqartirishdi va Chempionlar ligasida g'olib bo'lishdi. Xames ko'proq maydonga tushishi kerak edi. U mahoratli futbolchi va har qanday joyda o'ynay oladi" - deydi Asprilya.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena Ser