Asosiy tarkibga kirgan Pulishich, nega "Byornli"ga qarshi bahsni ilk daqiqalardan boshlamadi?

Eldor Akmurzayev
31 okt 2020
Ayni daqiqalarda Angliya chempionati 7-turidan o'rin olgan “Byornli” – “Chelsi” bahsi o'tkazilmoqda.

Uchrashuv boshlanishiga 1 soat qolganda “aristokratlar” e'lon qilgan boshlang'ich tarkibdan Kristian Pulishich joy olgandi. 

Biroq, o'yin oldidan o'tkazilgan engil mashg'ulotlarda u jarohat oldi va shu sabab qaydnomada o'zgarish yuz berdi, Timo Verner Pulishich o'rniga bahsni ilk daqiqalardan boshladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru