Asmir Begovich: "Har kim eng yuqori darajada o'ynashni istaydi – men ham istisno emasman"

Tolibjon Qosimov
16 dek 2013
"Stok Siti" darvozaboni Asmir Begovich yaqin vaqt ichida jamoadan ketmoqchi emasligini ma'lum qildi.
"Mening ismim katta klublar bilan bog'lanayotgani juda yoqimli, albatta. Biroq men "Stok"da o'zimni yaxshi his qilyapman".

"Klub bilan shartnomam ikki yarim yildan keyin nihoyasiga etadi. Shuning uchun men hozir faqat yaxshiroq o'yin namoyish etish haqida o'ylayapman".

"Biroq hamma ham kuchli klublarda, yuqori darajada o'ynashni istaydi. Men ham bundan istisno emasman", dedi darvozabon.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru