Asker Najafaliev OFK akademiyasini muvaffaqiyatli tugatdi

Sherzod Nurmatov
29 sen 2023
O'tgan yili Asker Najafaliev OFKning hakamlar bilimini oshirish uchun tashkil etilgan maxsus akademiyasini tamomlagandi.

"Bugun, 29 sentyabr kuni OFK tomonidan yuborilgan xatda uning akademiya yakunlariga ko'ra qayd etgan natijalari e'lon qilindi. Quvonarli jihati, Batch-2018 OFK hakamlar akademiyasida 4 yildan ortiq muddat davomida tahsil olgan FIFA hakamimiz uni A toifada yakunlashga erishgani ma'lum bo'ldi.

Takidlash joizki, ushbh natijasi orqali Asker Najafaliev OFK Elit hakamlar paneliga kiritilib, OCHL, Osiyo o'yinlari, Osiyo Kubogi, Jahon chempionatlari va boshqa nufuzli xalqaro turnirlarda ishlash imkoniyatiga ega chiqdi", – deyiladi O'zbekiston futbol hakamlari markazi xabarida.

Ma'lumot o'rnida, Najafaliev joriy mavsum O'zbekistonda 13 ta o'yinni boshqarib bordi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази