“Asian Fight - 2017”: 30 avgust kuni matbuot anjumani bo'lib o'tadi

Aziz Tukhtamuradov
29 avg 2017, 10:49
Hurmatli hamkasblar! Sizga ma'lumki, joriy yilning 9 sentyabr kuni Toshkent shahridagi muhtasham “Bunyodkor” stadionida Penchak silat sport turning professional yo'nalishi bo'lgan miks silat“ bo'yicha jang oqshomi bo'lib o'tadi.

“Asian Fight - 2017” xalqaro sport turniri tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan 30 avgust, chorshanba kuni “Asian Fight - 2017” tashkiliy qo'mitasi barcha OAV vakillarini matbuot anjumaniga taklif etadi. Matbuot anjumanida “Asian Fight - 2017” tashkiliy qo'mitasi a'zolari yani O'zbekiston Penchak silat federatsiyasi va “Sunrise Entertainment” mas'uliyati cheklangan jamiyati raxbarlari bilan turnirga oid tayyorgarlik jarayoni va faxriy mehmonlarning tashrifiga doir xabaralar OAVga ma'lum qilinadi.  30 avgust kuni “Alisher Navoiy” nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasida soat 10:00 da boshlanadigan matbuot anjumaniga barcha turdagi OAV vakillarini taklif etamiz.

Shuningdek, Akkreditatsiyadan o'tish uchun www.sunriseentertainment.uz saytiga kirib, akkreditatsiya bo'limidan o'rin olgan onlayn-arizani to'ldirish zarur bo'ladi. Shundan keyin turnir Axborot xizmati vakillari Siz bilan bog'lanadi.

Akkreditatsiyadan rasman o'tish uchun onlayn-arizadan tashqari quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:
- Ish joyidan rasmiy xat;
- akkreditatsiyadan o'tuvchi xodimning pasport nusxasi;
- 4 dona rangli fotosurat (3x4)

Turnirni yoritishga ruxsat beriladigan OAV soni cheklangan:
- har bir gazeta va jurnaldan 2 nafar;
- har bir radiostanciyadan 2 nafar;
- har bir internet saytlaridan 2 nafar;
- har bir telekanaldan 4 nafar xodim ro'yxatdan o'tadi.

Izoh: O'zbekiston hududidagi barcha mustaqil jurnalistlar va bloggerlar ham akkreditatsiyadan o'tishlari mumkin.
 
Akkreditatsiyadan o'tish jarayoni 1 sentyabr kuniga qadar davom etadi.
Batafasil ma'lumot uchun: Jamshid Hojiakbarov (+99890188-64-44)


“Asian Fight - 2017”  Axborot xizmati


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia