Ashurmatov va Rahmonaliev sharafini himoya qiladigan "Rubin" bosh murabbiyligiga yangi nomzod bor

Omonjon To`xtamirzayev
19 dek 2022
Qozonning "Rubin" klubi boshqaruvini "Ximki" sobiq ustozi Sergey Yuran qo'lga olishi mumkin.

Shu haftada mutaxassis klub rahbariyati bilan uchrashadi. Shuningdek, yana bir nomzod sifatida hozirda vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajarayotgan Yuriy Utkulbaev ham ko'rilmoqda.

Qayd etish lozim, "Rubin" hozirda Birinchi liganing 3-pog'onasini egallab turibdi.

Eslatib o'tamiz, o'zbekistonlik futbolchilar Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliev aynan "Rubin" sharafini himoya qiladi.

Yodingizda bo'lsa, avvalroq Yuran PRO-Ligada chempion bo'lib, yangi mavsumda Superligada qatnashadigan "Andijon" jamoasida faoliyat olib borishi mumkinligi aytilgandi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia