Asensio agentini o'zgartirishga qaror qildi

Sherzod Nurmatov
20 iyul 2022
"Real Madrid" yarim himoyachisi o'z vakilidan norozi.

Marko Asensioning kelajagi noaniqligicha qolmoqda. U klubni tark etish niyatida, biroq ehtimoliy xaridorlar bilan muzokaralar hech qanday natija bermagan.

Shundan so'ng go'yoki Asensio kelasi mavsumda ham "Real"da qolishi xabar qilingandi. Shu bilan birga, uning "galaktikos" bilan shartnomasi kelasi yozda tugaydi, hozir "Real Madrid"  yarim himoyachining transferidan foydalanish uchun so'nggi imkoniyatga ega.

"AS" xabariga ko'ra, yaqinda Asensio agentini almashtirishga qaror qilgan. Qayd etilishicha, Marko yozda yangi klub topish umidini yo'qotmagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS