Asadbek Saidxonov: "Buxoro" hisobni saqlashga, "Turon" esa g'alabaga intildi"

Omonjon To`xtamirzayev
28 iyul 2023
Birinchi davrani muvaffaqiyatsiz o'tkazgan "Turon" ikkinchi davra startini g'alaba bilan boshladi.

So'nggi daqiqalarda Asadbek Saidxonov tomonidan urilgan gol yaypanliklarga "Buxoro" ustidan 3:2 hisobidagi g'alabani taqdim qildi. Uchrashuvdan so'ng o'yin qahramonining fikrlarini tingladik. 

"O'yinga kelsak, gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng biroz sarosima kuzatildi. 0:2dan so'ng biroz bo'shashganimiz hisobiga jazolandik. Xudoga shukur qiyin vaziyatdan chiqib ketishni uddasidan chiqdik. Murabbiylarimiz goldan so'ng oldinga o'tishimizni, vaziyatlar yaratishimizni aytishdi. Barchasi yaxshi tugadi.  

2:2dan so'ng raqib hisobni saqlashga, biz esa g'alabaga harakat qildik. Chunki "Turon" muxlislari g'alabalarni sog'inib qolgan. 

Birinchi golimni ota-onamga bag'ishlayman. Ularga doim qo'llab-quvvatlab turgani uchun rahmat aytaman. Bundan ham yaxshi harakat qilib "Turon"ni Superligada olib qolishga bor kuchimizni ishga solamiz", - deydi Asadbek Saidxonov.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia