Artyom Petrosyan: "Penalti bor yoki yo'qligini biz hal qilmaymiz"

Aslanov Jasurbek
7 avg 2021
Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Surxon" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Artyom Petrosyan fikrlarni bildirib o'tdi.

"Biror narsa deyish qiyin. Ikkinchi o'yindirki, hujumlarimizga yakun etishmayapti. O'yinni nazorat qilyapmiz, vaziyatlar yaratilmoqda. Faqat oxirgi pas va yakun yo'qligi pand bermoqda. Keraksiz vaziyatda penalti olib keldik. Tahlil qilamiz va xatolarni ko'rib chiqamiz. Penaltti bor yoki yo'qligini biz hal qilmaymiz. Ko'rib chiqadigan qo'mita bor. Bizning ishimiz futbol o'ynash. Bobir Davlatov asosiy tarkib bilan shug'ullanmoqda. Lekin hali boshlang'ich tarkibga tortayotgani yo'q",- deydi Artyom Petrosyan. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia