Artur: "Messi - "Barsa" yetakchisi. U juda aqlli va o'yinni boshqalardan yaxshiroq o'qiydi"

Aslanov Jasurbek
22 apr 2019
"Barselona" yarim himoyachisi Artur jamoaga ko'nikishga Lionel Messi yordam berayotgani haqida aytib berdi.

"Messining harakatlaridan hayratlanasiz. U kiyinish xonasidagi yetakchi, Messida katta tajriba bor. Leo o'yinni boshqalardan yaxshiroq o'qiydi. U juda aqlli.

Messi nafaqat men, balki Malkom va boshqa yangilar bilan muloqot qilib, jamoaga ko'nikishimiz qanday kechayotgani haqida so'raydi" - deydi Artur.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es