

"Aql bovar qilmaydigan oqshom. Biz hammamiz birgalikda tarix yaratdik. Bu ishga aloqador barcha uchun juda baxtliman. Tribunalar bizni o'zgacha, o'ziga xos tarzda qarshi oldi. Bugun stadion o'zgacha his qilindi. Bu har bir odam uchun qanchalik muhimligini tushunardik. 20 yildan keyin klub tarixida ikkinchi marta Chempionlar Ligasi finaliga chiqdik.
Biz klubning yuqori maqsadlarini amalga oshirishda birdammiz. Bazida omad ham yordam berdi, lekin busiz bo'lmaydi. Biz ko'p va ishtiyoq bilan ishladik va o'zimiz qilayotgan ishga ishondik. Bugun Budapeshtda bizni kutayotgan o'sha o'ziga xos kun bilan mukofotlandik", - dedi Arteta UEFA rasmiy saytiga.



