Arteta Leandro Trossardning kuchli tomonlari haqida gapirdi

Sherzod Nurmatov
21 yanv 2023, 11:04
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "kanonirlar" nega Leandro Trossardni sotib olishga qaror qilganini tushuntirdi.

"Trossard – yuqori texnikali, aql-zakovat va APL hamda xalqaro miqyosda katta tajribaga ega ko'p qirrali futbolchi. Mavsumning ikkinchi qismiga kirib boryapmiz, Leandro tarkibimizni kuchaytiradi. Biz u bilan ishlashni intiqlik bilan kutamiz. Biz Leandro va uning oilasiga "Arsenal"ga xush kelibsizlar, deymiz", – dedi Arteta "kanonirlar" rasmiy saytiga.

Rasman: "Arsenal" Trossardni o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: arsenal.com