

"Natija qandayligidan qati nazar men bu o'yinda ustunlik qilgan jamoa va o'yinchilarim bilan nihoyatda faxrlanaman. Bu eng yuqori maqtovga loyiq, lekin men juda xafaman. Yakunda urilgan gol, albatta, hissiyotlar bo'ronini uyg'otadi, lekin mening birinchi va asosiy fikrim biz g'alaba qozonishimiz kerak edi", – dedi ispaniyalik mutaxassis.
Bu durangdan keyin "Arsenal" 10 ochkoga ega va APL turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. "Manchester Siti" esa 7 ochko bilan 9-o'rinda ketmoqda. "Liverpul" 15 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam.



