

"Bizni haqiqatan ham juda qiyin o'yin kutmoqda. Ularning darajasini yaxshi bilamiz. Ular bu o'ringa loyiq. Qarang, ular nima qilayapti, qanchalik barqaror o'ynamoqda va Unai Emeri jamoa bilan nimalarga erishdi.
Menimcha, ular bu maqtovga to'liq loyiq. Biz o'yin yozuvini qayta ko'rib chiqamiz. Nimalarni yaxshilash kerakligi bo'yicha bir necha g'oya va eslatmalarim bor.
Mag'lubiyat juda og'ir bo'lgandi, ammo biz undan saboq chiqaramiz. Agar ushbu motivaciya va g'azabni to'g'ri yo'nalishda ishlatsak, albatta, barchasi yaxshi bo'ladi", – dedi Arteta.
Uchrashuv 30 dekabr kuni Londondagi "Emireyts" stadionida o'tkaziladi va Toshkent vaqti bilan 01:15 da boshlanadi.
18 o'yindan so'ng "Arsenal" 42 ochko jamg'arib, APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Aston Villa" esa 39 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi.



