Arteta "Arsenal"ning 16 yoshli futbolchisini maqtadi

Sherzod Nurmatov
12 dek 2023
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta yarim himoyachi Itan Nvaneri haqida to'xtalib o'tdi.

"Uning o'ziga xos jihatlari bor, u menga boshidan yoqqan. U kichik hududda ham to'pni qabul qilish mahoratiga ega. U Jek Uilsher qilgan ishni qiladi", – dedi Arteta.

Eslatib o'tamiz, Itan Nvaneri yaqinda bo'lib o'tgan U-17 Jahon chempionatida O'zbekistonga qarshi o'ynagan edi. U 2022 yilning sentyabrida "Arsenal" safida "Brentford"ga qarshi o'yinda debyut qilib, APL rekordini yangilagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano