Arteta "Arsenal" futbolchisi jiddiy jarohat olganini tasdiqladi

Sherzod Nurmatov
11 dek 2025, 11:43
Mikel Arteta "Arsenal" himoyachisi Kristian Moskera jarohatlanganini ma'lum qildi.

Bosh murabbiyning aytishicha, Moskera jarohati tufayli bir necha haftaga safdan chiqqan.

"Afsuski, u bir necha haftaga safdan chiqdi. Bu kutganimizdan ancha jiddiyroq, u og'riq sezmoqda, shu bois bir necha hafta o'ynay olmaydi", – dedi Arteta.

Moskera "Brentford"ga qarshi uchrashuvda (2:0) jarohat olgan. 21 yoshli o'yinchi joriy mavsum barcha turnirlarda 16 o'yinda maydonga tushdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun