

"The Telegraph" xabariga ko'ra, ispaniyalik va fransiyalik Abu-Dabidagi yig'inda urushib qolishgan. Hozircha kelishmovchilikning sababi ma'lum emas. Oradan bir qancha vaqt o'tib, futbolchi asosiy tarkibda o'yinga tushmadi va "Nyukasl"ga qarshi o'yinda qatnashmadi.
Ushbu mavsumda 20 yoshli Genduzi "Arsenal" tarkibida 29 o'yinda 3 assistentlik qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi.



