Arteta "Arsenal" bosh murabbiyiga aylanmoqda!

Mirjalol Normatov
19 dek 2019
"Manchester Siti" yordamchi murabbiyi Mikel Arteta jamoa bilan xayrlashdi.

"Athletic" xabariga ko'ra, 37 yoshli mutaxassis bugun jamoaning ertalabki mashg'ulotlarida futbolchilar bilan so'nggi bora gaplashgan va xayrlashib olgan.

Arteta oldinroq yoqimsiz natijalari tufayli iste'foga chiqarilgan Unai Emerining o'rnini egallaydi. Ayni damda jamoani Freddi Yungberg boshqarmoqda.

Arteta 2011-2016 yillar davomida "kanonirlar" tarkibida o'ynagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Athletic