Arteta APLdagi raqobat haqida: "Ligada bizdan boshqa yana 6-8 ta klub sovrin uchun bemalol kurasha oladi"

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2025, 15:13
"Arsenal" murabbiyi APL bosh sovrini uchun to'qqizta jamoa da'vogar bo'lishi mumkin deb hisoblaydi.

Londonliklar 2004 yildan beri APL chempioni bo'lmagan. So'nggi uch mavsumda klub jadvalda ikkinchi o'rinni egalladi.


"Hozir men jamoada tajriba va yoshlik, etuklik va g'alabaga intilish uyg'unligi jihatidan to'g'ri balansni ko'ryapman.

Gap shundaki, ligada bizdan boshqa yana 6-8 ta klub borki, ular bosh sovrin uchun bemalol kurasha oladi. Lekin chempion faqat bitta bo'ladi.

Bizda g'alaba uchun barcha sifatlar bormi? Ha, bor. Biz raqobatbardosh bo'lib boryapmiz. Jamoa darajasi oshmoqda. Shuning uchun talablar ham oshishi kerak. Biz bozorda faol harakat qildik. Shu bilan birga, mavjud o'yinchilarni o'sishini taminlashimiz kerak, bu eng muhim vazifa.

Jamoa mavsum boshiga eng yaxshi formada va maksimal tayyorlikda chiqishi uchun to'g'ri asos va yo'nalishni yaratish zarur", – dedi Migel Arteta.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN