Arshavin Rossiya terma jamoasining O'zbekiston va Tojikistonga qarshi kechadigan bo'lajak o'yinlari haqida gapirdi

Sherzod Nurmatov
11 noya 2022, 19:23
"Arsenal" sobiq hujumchisi Andrey Arshavin "SE" nashriga bergan intervyusida Rossiya terma jamoasining Tojikiston va O'zbekistonga qarshi o'yinlari haqida to'xtalib o'tdi.

- Terma jamoa tez orada Tojikiston va O'zbekiston bilan o'ynaydi. Ushbu o'yinlardan nimani kutmoqdasiz? Siz shaxsan qaysi futbolchini o'yinini kuzatib borasiz?

- Bu o'yinlardan hech narsa kutmayapman. Men shaxsan hech kimni o'yinini kuzatmayman. Hatto bu o'yinlarni ko'rishim ham aniq emas.

Noyabr oyida Rossiya terma jamoasi ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazadi: 17 noyabrda Tojikistonga qarshi, 20 noyabr sanasida esa O'zbekiston termasiga qarshi.

Bugun O'zbekiston terma jamoasi Rossiyaga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin bo'lgan futbolchilardan iborat ro'yxatni taqdim etdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Спорт-Экспресс