Arshavin "Qayrat" bilan shartnomani uzaytirishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
5 noya 2017
Qayratning rossiyalik futbolchisi Andrey Arshavin klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.

36 yoshli futbolchining qozog'istonliklar bilan shartnomasi 2017 yilning 31 dekabrida o'z yakuniga etadi.

"Biz Andrey bilan mavsum tugaganidan so'ng yangi shartnoma borasida muzokara o'tkazish bo'yicha kelishuv bor. Lekin, hali suhbatlashmadik. Hali bizni ko'p o'yinlar, tadbirlar kutib turibdi. Barchasi shu oy ichida aniq bo'ladi", - deydi "Qayrat" texnik direktori Evgeniy Kalakuckiy.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ТАСС