"Arsenal"ning ikki futbolchisi jamoani tark etishi mumkin

Mirjalol Normatov
9 okt 2021, 11:55
"Arsenal" xavbeklari Ensli Meytlend-Naylz va Muhammad El-Nenni jamoadan ketishi mumkin.

"The Sun" xabariga ko'ra, ikkala futbolchi ham doimiy o'yin amaliyoti olmayotganidan mamnun bo'lmayapti. Biroq Mikel Arteta ularning jamoadan ketishini istamayapti.

29 yoshli El-Nennining klubi bilan shartnomasi kelasi yozda yakunlansa, Meytlend-Naylzda esa 2023 yil yozida tugaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun