"Arsenal"ga qarshi o'yindan oldin "Atletiko"da katta yo'qotish bor

Mirjalol Normatov
22 apr 2018
"Atletiko" hujumchisi Diego Kosta Yevropa ligasi doirasidagi "Arsenal"ga qarshi ilk yarim final bahsini o'tkazib yuboradi.

"Kosta payshanba kuni o'ynay olishi uchun hech qanday imkoniyat yo'q. U javob bahsida bizga yordam berishi mumkin", - dedi Diego Simeone.

"Arsenal" va "Atletiko" o'rtasidagi ilk bahs 26 aprel kuni Londonda, javob bahsi 3 may sanasida Madridda bo'lib o'tadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com