"Arsenal"ga Kulibalining xizmatlari taklif etildi

Aslanov Jasurbek
20 iyul 2016, 12:12
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali jamoasini o'zgartirmoqchi, ammo hech bir klub futbolchi borasida taklif yuborgani yo'q.

Ma'lumotlarga ko'ra, himoyachining agenti ko'plab klublarga futbolchining xizmatlarini taklif qildi, ularning orasida "Arsenal" ham bor.

Ayni damda "to'pchilar" yuqori darajali himoyachi qidirishmoqda va Kulibali varianti ularda qiziqish uyg'otishi mumkin. Hozircha klublar o'rtasida aloqalar yo'q. Kalidu "Everton", "Chelsi" va bir nechta boshqa klublar qiziqishlari doirasida.

25 yoshli futbolchining neapolliklar bilan shartnomasi 2019 yilgacha belgilangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal