"Arsenal" xavbeki klub safida o'ynashni xohlamasligini aytdi

Alisher
30 iyun 2022, 18:01
"Arsenal" yarim himoyachisi Lukas Torreyra London klubida to'p tepishni istamaydi.

Urugvaylik o'tgan mavsumni "Fiorentina" safida ijara asosida o'tkazdi.

"O'tgan mavsum oson o'tmadi, ammo "Fiorentina"da qolishni xohladim. Ammo, bu bir qator sabablar tufayli imkonsiz edi. Biz endilikda yangi variantlar qidirmoqdamiz. Maqsadim – ispan yoki italyan klubiga o'tish. Men aniq faoliyatimni "Arsenal"da davom ettirmayman", - deydi futbolchi.


AlisherMuallif
Manba: El Telegrafo