“Arsenal” va “Tottenxem” “Borussiya M” himoyachisi uchun kurashadi

8 fev 2019, 09:45
Mattias Ginter London klublari oromini o'g'irladi.

25 yoshli nemis himoyachisiga ayni damda Londonning bir yo'la ikki klubi - “Arsenal” va “Tottenxem” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ginterning “Borussiya M” bilan shartnomasi 2021 yil 30 iyunga qadar imzolangan. Futbolchining transferi esa 35 mln evroga baholanmoqda.

Joriy mavsum futbolchi 17 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.


Manba: Sky Sports