

"Arsenal" va PSV klublari YCHL pley-off bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Guruh bosqichi yakunlanishiga bir tur qolganda "Arsenal" 12 ochko bilan guruhda yaqqol peshqadam. PSV esa 8 ochko bilan ikkinchi o'rinni naqd qilgan. "Lans" jamoasida besh ochko bor, ammo ular endi niderlandiyalik raqiblarini quvib eta olishmaydi. Sababi, o'zaro o'yinlardagi ustunlik PSV tomonida. "Sevilya" esa ikki ochko bilan so'nggi o'rinda bormoqda.
Shunday qilib, YCHL guruh bosqichining so'nggi turida "Lans" va "Sevilya" Yevropa Ligasiga yo'llanma beruvchi uchinchi o'rin uchun kurashishadi.



