"Arsenal" va "Nyukasl" Osimxenni "Napoli"dan xarid qilishmoqchi, klub o'yinchini 100 mln evroga sotishga tayyor

Alisher
21 mar 2022, 17:16
"Nyukasl" va "Arsenal" "Napoli" forvardi Viktor Osimxen bilan shartnoma imzolamoqchi.

"Nyukasl" bosslari qishki transfer oynasidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng yana nigeriyalik bilan shartnoma imzolashga urinishmoqchi.

Osimxenga shuningdek "Arsenal" qiziqmoqda. Klub Dushan Vlaxovichni xarid qila olmaganidan so'ng "Napoli" forvardiga e'tiborini qaratdi.

23 yoshli o'yinchining neapolliklar bilan shartnomasi 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Osimxen 2021/22 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport