"Arsenal" va MYU "Slaviya" yarim himoyachisi uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
13 may 2021, 11:06
Praganing "Slaviya" klubi xavbeki Abdalle Sima ikki Angliya klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

19 yoshli afrikalik futbolchi uchun kurashda "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublari ishtirok etmoqda. Senegallik futbolchi 29 million evroga baholamoqda.

Sima Yevropa Ligasidagi muvaffaqiyatli ishtiroki sabab e'tiborni tortdi. Yarim himoyachi joriy mavsum evrokubokda 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Abdalle joriy mavsum 36ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 8ta assist qayd etdi. Uning shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Mirror